Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi mamlakatimiz kuch tuzilmalari hamda boshqa kinologlar klublari aʼzolari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi

Jonivorga mehr – tabiatga bo‘lgan mehr ifodasidir. Bunday munosabat musobaqa maydonlarida qizg‘in va qiziqarli baxslarga asos bo‘ladi. Kuni kecha poytaxtimizdagi Yunusobod tuman mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti ana shunday ajoyib musobaqaga mezbonlik qildi.

Bir necha yildirki, aprel oyining so‘nggi 10 kunligida O‘zbekiston Respublikasi mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xalqaro kinologlar ittifoqi tomonidan zotdor itlar ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda ham anʼanaga muvofiq “Chempionat O‘zbekiston – 2025” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Qurolli kuchlarimizning barcha tuzilmalari kinologlari va kinologlar klublari aʼzolari bo‘lgan fuqarolar ham ishtirok etgan mazkur musobaqaga xalqaro ekspertlar ham taklif etilgan bo‘lib, ishtirokchilarning har bir qadamini munosib baholab bordilar. Aqlli jonivorlarni ko‘paytirish, ular bilan shug‘ullanish Ayniqsa, tadbir o‘tkazish uchun tanlangan maydon imkoniyatlari, uning jihozlanishi barcha ishtirokchilar olqishini oldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 150dan ortiq zotdor itlar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti kinologiya xizmati jamoasi itlarining tashqi ko‘rinishi, sifati, topshiriqlarni aniq bajarishlari kabi nominatsiyalarda nufuzli hakamlar tomonidan yuqori baholanib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq bejiz emas. Jamoat xavfsizligi universitetida xizmat itlari naslchilik pitomnigi tashkil etilgan.

Xususan, 2024 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kinologiya bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, vazirlik va idoralarning kinologiya bo‘linmalarini faoliyatini takomillashtirish va kinologlarni malakasini oshirish kinologiya sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi” - deya qayd etilgan. Jamoat xavfsizligi universiteti vakillarining ulkan zafar quchishlarida jamoa aʼzolaridan kichik serjant Anvar Husanov, kichik serjant Sarvar Shennayev, va Ravshan Quvondiqov, shartnoma bo‘yicha oddiy askar Dilshod Ergashevlarning xizmat itlari bilan muntazam ishlashlari o‘z samarasini berdi. Eng yaxshi parvarish qilingan to‘rt oyoqli sodiq do‘stlar va ularning egalari ko‘rgazma so‘nggida hamkor tashkilotlar tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech