Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BOLALAR UCHUN CHAVANDOZLIK TO‘GARAKLARI

Mamlakatimizda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish ishlariga har qachongidanda alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 5 avgust kunidagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Chavandozlar maktablari Milliy gvardiya tizimiga kiritildi. Hozirda hududlarda mazkur maktablarni tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Xususan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Milliy gvardiya Faxriy qorovul kavaleriya eskadroni bo‘linmasi ot saroyi bazasida bugunda tumandagi o‘quvchilar uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 9.00 dan 11.00 ga qadar chavandozlik to‘garaklari tashkil etilgan.

Ushbu chavandozlar maktabida bolalar ot sportining uchkurash, to‘siqlardan sakrash, ot yo‘rttirish, zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-ko‘pkari turlari bo‘yicha malakali murabbiylar mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Ot saroyiga yaqin hududda joylashgan Farovon mahallasidan chavandozlik maktabiga 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar o‘quvchilari qamrab olingan. To‘garaklar qatnashchilariga dastavval maktabda ot sportining nazariy jihatlari, maxsus video roliklar va darsliklar asosida o‘rgatiladi. Professional, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ot sporti chavandozlari haqida maʼlumotlar beriladi. Yoshlarning ot sportiga bo‘lgan mehrini yana-da oshirish va otlarning zotlari haqida maʼlumotlar berish maqsadida ular parvarish qilinadigan otxonalarda tushunchalar beriladi. Ot parvarishi, taqa taqish, veterinariya xizmati, otlarni egarlash kabilar o‘rgatiladi va bolalar mazkur jarayonlarni mustaqil ravishda ham o‘zlari amalga oshira olishadi.

Yoshlar yozgi va qishki manejlarda ot ustida yurish va boshqa mashqlarni bajarishadi. Hatto qizlarda ham ushbu sport turiga ishtiyoqi baland ekanligini ularning ot ustida bemalol harakatlanishidan ham ko‘rish mumkin.

Albatta ot sportining barcha sport turlari singari inson salomatligi uchun foydali ekanligi barchamizga maʼlum. Shu sababli mazkur maktablarda mashg‘ulotlar olib borayotgan bolalardan kelgusida yetuk sportchilar yetishib chiqishiga ishonchimiz komil.

Text to speech