Buxoro shahrining Universal sport majmuasida sportning Qo‘l jangi bo‘yicha professional sport ustalari o‘rtasida “ Amir Temur kubogi “xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov, viloyat hokimi B.Zaripov va xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi Prezidenti S.Astaxovlar so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni ayniqsa yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlari va shijoatini yuqori baholagan holda samimiy tilaklarini bildirdilar