Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari “Yangi nafas” yugurish musobaqalariga taklif etilmoqda

Joriy yil 13 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab yurtimizning 15 ta shahrida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimligida mazkur musobaqaga tayyorgarlikning borishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda ishtirok etgan Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sanʼat G‘ulomnazarov, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zamuhamedov, “Yangi nafas” yugurish musobaqasi tashkiliy qo‘mitasi aʼzosi Shuhrat Usmonov, musobaqa bosh hakami Hasanboy Ortiqov va Havaskor yuguruvchilar klubi rahbari Andrey Kulikov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Taʼkidlanganidek, davlatimiz ramzlarini qadrlash, xususan mamlakatimiz bayrog‘i qabul qilingan kunni munosib nishonlash maqsadida yurtimizning 15 ta shahrida “Yangi nafas” yugurish musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, joylarda zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

Joylardagi ishchi guruh vakillarining axborotiga ko‘ra, mazkur yugurish tadbirlarida 50 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Hududlar kesimida esa Toshkent shahridagi uchta maskandagi yugurish tadbirlarida 5 ming nafar atrofida ishtirokchi bo‘lsa, har bir hududda ikki 2.5-3 ming nafar ishtirokchi ommaviy yugurish musobaqalari qatnashchisiga aylanishi maqsad qilgan.

Jahon maydonlarida jonajon Vatanimiz timsoli bo‘lib yuksalib turgan O‘zbekiston bayrog‘iga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida o‘tadigan yugurish musobaqalari aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Yangi nafas” yugurish musobaqalari nizomiga binoan o‘tgan besh yil mobaynida sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoasiga nomzod bo‘lgan sportchilar qatnashmasligi belgilangan. Bu, endi jismoniy tarbiya va sportga oshno tutinayotgan insonlarga, yoshlarga g‘oliblik yo‘lida keng imkoniyatlar yaratadi.

Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va hamda poytaxtimizdagi “Humo Arena”, “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” bog‘lari hududlarida O‘zbekiston bayrog‘i kuni munosabati bilan o‘tadigan ommaviy yugurish musobaqalarini boshqarib borish, g‘olib va sovrindorlarni aniqlash, musobaqalarning texnik va taktik jihatlarini nazorat qilishda har bir hududda 23 nafardan hakamlar hamda o‘nlab ko‘ngilli yordamchilar faoliyat ko‘rsatadi.

Yugurish musobaqasi Yangi O‘zbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash, ming-minglab insonlarni sog‘lom turmush tarziga oshno tutinishga jalb etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Text to speech