Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yangi O‘zbekiston qizlari – yangi zafarlar zaminida! Xalqaro musobaqalarda  g‘olib bo‘lgan gvardiyachi qizlar munosib rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida   sportni milliy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, uni vatanparvarlikni mustahkamlash, kuchli avlod tarbiyasi va mamlakat obro‘sini xalqaro maydonda yuksaltirishning strategik omili sifatida muhim vazifalar belgilab berildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Sport vazirligining qo‘llab-quvvatlashi samarasida Milliy gvardiyada ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, iqtidorli yoshlarni topish, olimpiya sport turlariga tayyorlash, ularni va murabbiylarni rag‘batlantirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buning natijasida, joriy yilning 28-iyun – 7-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalarida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarkibida uch nafar gvardiyachi qizlar munosib ishtirok etishdi va  Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova mazkur toifadagi musobaqaning final jangida olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi. 
Mazkur musobaqada 29 davlatdan 300 ga yaqin sportchilar o‘zaro bellashib, unda  terma jamoamiz vakillari  5 ta (1 ta oltin, 4 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  yana ikki nafar gvardiyachi qizlar Soxiba Ro‘zmetova va Oltinoy Sotimboyevalar 3-o‘rinlarni egallab, bronza medali sohibasi bo‘lishdi.  
Ushbu Jahon kubogi musobaqalarida erishilgan yutuqlar “Los-Anjeles-2028” olimpiya o‘yinlariga qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarning to‘plagan reyting ballariga  ko‘ra  Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beriladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, boks bo‘yicha ayollar milliy terma jamoasining murabbiyi podpolkovnik Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya safida xizmat qilish bilan birga sport sohasida ayollar gender tengligini ta’minlagan holda mamlakatimiz ravnaqiga munosib xissasini qo‘shib kelmoqda.
Bu yutuqlar, avvalo,  Davlatimiz rahbarining  barcha sohalar kabi sportda ham yurtimiz ayollariga alohida g‘amxo‘rlik qilib kelayotganliklari samarasidir.  Bunday e’tiborning mahsuli esa albatta nufuzli xalqaro musobaqalardagi  yorqin g‘alabalarda aks etmoqda.
Xususan, joriy yilning 27-iyun – 8-iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida sportning biatlon turi bo‘yicha Osiyo kubogi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 6 ta davlatdan tashrif buyurgan 17 ta professional sportchi ishtirok etib, unda O‘zbekiston Milliy terma jamoasi vakili, Milliy gvardiya   harbiy xizmatchisi Oydina Ikramova  3 km masofada faxrli 1-o‘rinni, 5 km masofada faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani fikrimizning yaqqol dalilidir.
Gvardiyachi qizlarning erishgan g‘alabalari – bu shunchaki g‘alaba emas, balki yurtimiz sport salohiyatining, ayollarimiz matonati va irodasining amaldagi isbotidir. 
Shu sababli bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va ularning murabbiylari bilan  uchrashib, samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbir so‘ngida sportchi va murabbiylar qo‘mondon buyrug‘i bilan munosib rag‘batlantirildi.

 

 

 

 

Text to speech