Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xorazm viloyatida Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi tomonidan ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 25 sentyabr kuni ertalab soat 06:15 larda, Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xodimi, nomaʼlum shaxs tomonidan ziyoratgohga tegishli bo‘lgan ehson qutisini ochishga urinayotganini ko‘rib qolib, joyida qo‘lga olgan va navbatchilik qismiga xabar bergan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Shovot tumani qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda, ehson qutisidagi pullarni o‘g‘rilamoqchi bo‘lgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech