Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY XIZMATCHILAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI TEATRDA MADANIY HORDIQ CHIQARISHDI

Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining o‘rni beqiyos. Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

Jumladan, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari maʼnaviyatini yana-da yuksaltirish, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda viloyatda tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Andijon shahrida joylashgan qo‘g‘irchoq teatri tomoshasiga tashrif buyurishdi.

Bolajonlarga mo‘ljallangan ushbu "Qirol sher" nomli spektakl namoyishi davomida asarni yana-da boyitishga xizmat qilgan sahna dekoratsiyalari, aktyorlarning ijrolari, musiqa va ashulalar bolajonlar va ularning ota-onalari eʼtiborini tortdi.

Teatr hayot ko‘zgusi, muqaddas dargoh sanaladi. Uning tarbiyaga yo‘g‘rilgan saboqlari esa kishilarni odamiylikka chorlab turaveradi. O‘zbek teatr asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy taʼbiri bilan aytganda, “Teatr ibratxonadir”.

Text to speech