Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BAYRAMONA RUXDA O‘TGAN SPORT TADBIRI

“8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand viloyatida “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida sportning “Ko‘pkurash” turi bo‘yicha “Dinamo” ko‘chma kubogi birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.

Unda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Dinamo” JTSJ kengashi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar boshqarmalari mutasaddi rahbarlari ishtirok etdib, musobaqa avvalida barcha ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etgan holda ularga omad va zafarlar tiladilar.

Musobaqaning kirish qismida Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Bellashuvda Milliy gvardiya, Bojxona xizmati, Davlat xavfsizligi xizmati va Ichki ishlar boshqarmalarning xotin qizlaridan iborat jami 8 ta jamoa musobaqa shartidagi PM to‘pponchasidan o‘q otish, 1000 metrga yugurish, stol tennisi hamda badmenton turlari bo‘yicha “Dinamo” ko‘chma kubogi birinchiligi uchun o‘zaro kuch sinashishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida 3 - o‘rin Ichki ishlar boshqarmasiga 2 - o‘rin Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi va 1 - o‘rin va “Dinamo” ko‘chma kubogi Milliy gvardiya boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilariga nasib etdi.

Shuningdek, musobaqa g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Text to speech