Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BOLAJONLAR UCHUN QIZIQARLI SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash, ularni yoshlikdan kasbga yo‘naltirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi "Bolalar shaharchasi" tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida joylashgan Milliy gvardiya faxriy qorovuli kavaleriya eskadroniga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida dastlab tashrif buyuruvchilarga otlarning zotlari, ularni parvarish qilish yo‘l-yo‘riqlari, minish qonun-qoidalari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi sayohatchilarning olqishiga sazovor bo‘lish bilan bir qatorda ularda ushbu kasbga qiziqish uyg‘otdi. Tashrif chog‘ida tarbiyalanuvchilar otlar bilan do‘stlashishga hamda ularni minishga muvaffaq bo‘lishdi.

Text to speech