Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbari raisligida Ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bayrami arafasida ehtiyojmand aholimizning ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda keksa yoshdagi hamda ehtiyojmand aholini, shuningdek, Oilaviy bolalar uylarini qo‘llab quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur yig‘ilishda oxirgi yillarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yaratilgani taʼkidlandi.

Ushbu tizimga muvofiq, jumladan:

- “Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag‘rida voyaga yetishi uchun sharoit yaratildi.

Buning hisobiga, 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;

- o‘tgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan taʼminlandi, 2022 yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;

- davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi;

- o‘tgan yili 42 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarga olib berildi;

- o‘tgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan taʼminlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam ko‘rsatiladi;

- 4 ming nafar ko‘zi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.

Shuningdek, Oilaviy bolalar uylarini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ularga byudjetdan mablag‘ ajratish tartibi soddalashtirilishi taʼkidlandi. Yaʼni, kundalik xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ota-onalarning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkaziladi.

Shu bilan bir qatorda, Oilaviy bolalar uylarining kommunal to‘lovlari aholi uchun belgilangan tariflarda olinadi.

Bundan tashqari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak xaridi uchun 10 million so‘mdan ajratish amaliyoti nodavlat oliygohlarda ham joriy etiladi.

Umuman, 376 ta mehribonlik, saxovat va muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlarni taʼmirlash va jihozlash bo‘yicha 600 milliard so‘mlik alohida dastur qabul qilinadi.

Text to speech