Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun mohiyati muxokama qilinib, ijrosi yuzasidan mas'ul vazirliklarning o‘zaro hamjihatlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlari belgilab olindi.

Joriy yilning 10 avgust kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini muhokama etish hamda kelgusida hamjihatlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida navbatdagi video-selektor tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili, Xalq ta'limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish mutasaddi rahbarlari, Milliy gvardiyaning mazkur yo‘nalishga mas'ul xodimlari, respublikamiz bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan 125 ta oilaviy bolalar uylari ota-onalari, shuningdek joylardagi vazirliklarning sohaga oid mas'ul rahbarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘z olgan Milliy gvardiya qo‘mondonligi va boshqa vazirlik hamda idoralar vakillari tomonidan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi xalqaro standartlar hamda Oilaviy bolalar uylari, moliya-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘tgan davr mobaynidagi tizimda yo‘lga qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, mazkur Qaror bilan barcha muammoli masalalar o‘z yechimini topganligi muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Yig‘ilish davomida qabul qilingan mazkur qarorga oid joylardagi oilaviy bolalar uylari rahbarlari va mas'ul xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar aniq javob hamda maslahatlarini berishdi.
Ochiq muloqot ostida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunida, ko‘rib chiqilgan masalalar hamda takliflar inobatga olingan holda tegishli vazirlik mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

Text to speech