Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona tumanida yashovchi Valiyevlar oilasi 6 nafar yetim bolani asrab oldi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 9 avgustda qabul qilingan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi. Farg‘ona viloyatida mazkur qaror ijrosini taʼminlash ishlariga kirishildi.

Farg‘ona tumani “Cheksho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nabijon Valiyevlar oilasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan tegishli tartibda 6 nafargacha bolani tarbiyaga olish bo‘yicha murojaat qilgan. Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi mazkur masalani o‘rgandi. Bu oila sharoiti bilan tanishilgach, barcha talablarga javob berishi maʼlum bo‘ldi.

Oila uch yildan beri farzand asrab olish uchun tegishli idoralarga murojaat qilib, natija ololmagan. Muammoni Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Akbarov ijobiy hal qilib berdi. Hujjatlar rasmiylashtirilib, Valiyevlar oilasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 6 nafar chin yetim bolani farzandlikka olishdi.

Bolalar oilaga berilganidan keyin Milliy gvardiya va viloyat hokimligi masʼullari ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygani yo‘q. Bolalardan xabar olinib, suhbatlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ularni o‘qishlari uchun sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashilmoqda.

Nabijon Valiyev ko‘p bolalik oilada voyaga yetgan, u tadbirkor , turmush o‘rtog‘i Ziyodaxon Valiyeva esa Farg‘ona shahridagi 4-umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimda ishlaydi. Ularning 4 nafar farzandlari endi 10 nafarga yetdi.

Text to speech