Yangi O‘zbekiston bog‘ida “VII Toshkent xalqaro marafoni” hamda “Inson uchun” xayriya yugurish musobaqalari o‘tkazildi. Unda sportchilar (42 km, 195 metr), yarim marafon, 10 km va 3 km masofalarga yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqada 150 ga yaqin Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari turli yo‘nalishlar (21 km, 10 km va 3 km masofalar) bo‘yicha yugurishda munosib ishtirok etib, eng yuqori natijani 10 km masofaga yugurgan Gvardiyachi Alina Hakimova qo‘lga kiritgan holda mazkur yo‘nalishda faxrli birinchi o‘rinni egallab mutloq g‘olib bo‘ldi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu musobaqada faol ishtirok etish bilan birga, Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida jamoat tartibini saqlash va tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash borasida hamkor vazirliklar bilan birga xizmat olib borishmoqda.