Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR O‘RTASIDA XXX SPARTAKIADA DASTURIDAGI XIZMAT KO‘PKURASH SPORT TURI BO‘YICHA G‘OLIBLAR ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Kengashining huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida XXX spartakiada dasturidagi Xizmat ko‘pkurash sport turi bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur sport bellashuvida ishtirok etgan 10 ta jamoa sportchilari 100m, 1000m, 3000mga yugurish, turnikda tortinish va 100 metrga suzish bahslarida o‘zaro g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jismoniy tayyorgarligini yana-da mustahkamlash hamda ular o‘rtasidagi jamoaviy sportni rivojlantirish va mahoratlarini yuksaltirishdan iboratdir.

Musobaqada 30-40 yoshgacha bo‘lgan va undan katta yosh toifalarida jamoada 7 nafardan ishtirokchi bellashuvlarga kirishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari jamoasi uchinchi, Milliy gvardiya jamoasi ikkinchi, Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi esa birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom, medal va estalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, yakka tartibda ham g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech