Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yana-da yaxshi bo‘lar edi — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda taʼkidlashicha, mamlakatimizda har bir bola taqdiriga qaratilayotgan eʼtibor tufayli oxirgi yarim yilda “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasi va “SOS” bolalar mahallalari uyushmasi qaramog‘idagi 1 ming 619 nafar ko‘ngli o‘ksik farzandlarimiz o‘z oilasi va yaqin qarindoshlari tarbiyasiga o‘tkazilgan.

Natijada 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani uchun yopilgan.

Qolgan 6 ta “Mehribonlik” va 11 ta kichik bolalar uylarida 1 ming 475 ta o‘rin mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularda 897 ta yetim bolalar bor.

«Albatta, bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani, xalqimizning yuksak maʼnaviyati, iymon-insofi va bolajonligini ko‘rsatib turibdi.

Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yana-da yaxshi bo‘lar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berishni tezlashtirish choralarini ko‘rish lozim», — dedi Prezident.

Text to speech