Bugun respublikamiz boʻylab Milliy gvardiyaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida 2025/2026 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar doirasidagi yangi oʻquv yiliga start berildi. Unda Xavfsizlik kengashi yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi, xususan harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini yuqori darajaga koʻtarish asosiy maqsad qilib olingan.