Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi. (https://telegra.ph/Oʻzbekiston-Respublikasi-Qurolli-Kuchlari-va-huquqni-muhofaza-qiluvchi-organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan musobaqaning rasmiy qurʼa tashlash marosimidan soʻng, jamoalar qizgʻin va shiddatli bahslarda bellashish uchun katta maydonga tushishdi. Musobaqa davomida harbiy chavandozlar oʻzlarining epchilligi, tezkorligi va mohirona otda harakatlanishini namoyon etishdi.

Bahslar musobaqa qoidalariga muvofiq olib borilib, har bir oʻyin 7 daqiqadan iborat boʻldi va 3 boʻlimni tashkil etdi.

Musobaqaga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni chavandozlari ot sportining tentpegging va ot ustida jigitovka elementlarini, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari esa qoʻl jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar qilishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, birinchi oʻrinni Milliy gvardiya terma jamoasi qoʻlga kiritib, musobaqaning mutlaq gʻolibiga aylandi. Ikkinchi oʻrinni esa Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari jamoasi egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrin Mudofaa vazirligi jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.

Text to speech