Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MUSTAQILLIGIMIZNING 30 YILLIK BAYRAMI ARAFASIDA NAVBATDAGI YANGI BINO FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun 27 avgust kuni Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami arafasida qurib bitkazilgan Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Shayxontohur tumani qo‘riqlash bo‘limi maʼmuriy binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Rahimova,Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari,Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda ushbu yangi binoning qad ko‘tarishida yaqindan yordam bergan tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘zining kirish so‘zida, bayram arafasida foydalanishga topshirilayotgan ushbu yangi bino shaxsiy tarkib uchun munosib sovg‘a ekanligini taʼkidlab, tantanali marosimga tashrif buyurgan mehmonlarni va saf tortib turgan barcha Milliy gvardiya xodimlarini hamda ular orqali barcha yaqinlarini Mustaqilligimizning 30 yillik yubileyi bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar bugungi kunda Milliy gvardiya bo‘linmalari aholi gavjum joylarda, savdo markazlari va bozorlar, ko‘ngilochar maskanlar, istirohat bog‘lari hamda ommaviy tadbirlar jarayonida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlash kabi sharafli va masʼuliyatli vazifalarni yuqori saviyada bajarib kelayotganlariga alohida urg‘u berib, yangi binoda yaratilgan bu kabi imkoniyatlar barcha xodimlarga yana-da kuch-quvvat va shijoat ato etishiga ishonch bildirdilar.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga ko‘ra, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan, fidoyiligi va jonkuyarligi bilan safdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarga “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Tashrif buyurgan mehmonlar yangi bino bilan tanishish davomida, o‘z tarixiga ega bo‘lgan ushbu bino o‘tgan asrning 30-yillarida meʼmorchilikning klassitsizm uslubida bunyod etilganligi va madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarga ega bo‘lib, ularda ushbu binoning tarixiy o‘ziga xosligi saqlangan holda zamonaviy talablar asosida taʼmirlaganligi katta taʼsirot qoldirdi.

Mazkur yangi binoda navbatchilik qismi, Maʼrifat va psixolog xonalari, oshxona hamda fuqarolarni qabul qilish xonalari shuningdek, xodimlarning xizmat qilishi, kasbiy mahoratini oshirishi uchun va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan zamon talablariga to‘liq javob beradigan universal ochiq va yopiq sport majmualarida bir vaqtning o‘zida sportning “Qo‘l jangi”, Boks, Krossfit, Dzyudo, mini futbol, voleybol va basketbol kabi turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish uchun imkoniyatlar mavjud.

Text to speech