Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun bayramona konsert dasturi namoyish etildi

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun bayramona konsert dasturi namoyish etildi

Mazkur tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bomurodov, Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek faxriylar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va ularning ustozlari ishtirok etishdi.

Tadbir boshida Milliy gvardiya qo‘mondonining O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng qo‘mondon buyrug‘iga ko‘ra 8 nafar harbiy xizmatchi va 2 nafar xizmatchi hamda 3 nafar Mehribonlik uyi tarbiyachilari Milliy gvardiya “Faxriy yorlig‘i” bilan;

- 6 nafar harbiy xizmatchi, 1 nafar Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassis psixologi III-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan;

-2 nafar harbiy xizmatchi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni bilan;

1 nafar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va 1 nafar Mehribonlik uyi tarbiyachisi “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan;

1 nafar faxriymiz zaxiradagi podpolkovnik Kim Genadiy Konstantinovich “Milliy gvardiya faxriysi” ko‘krak belgisi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ramzi tushirilgan esdalik qo‘l soati va tashakkurnomalar o‘z egalariga topshirildi.

Shu bilan birga tadbirda o‘z xizmat vazifasini ado etish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolariga alohida ehtirom ko‘rsatilib, qalbimizda o‘chmas iz qoldirgan zamonamiz qahramonlarining Vatan oldidagi jasoratlari yodga olindi.

Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansamblining badiiy va musiqiy chiqishlari esa tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Text to speech