Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SERJANTLAR ASKARLARNING USTOZI, OFITSERLARNING ENG YAQIN YORDAMCHISI

Milliy gvardiya Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmasi anjumanlar zalida Milliy gvardiya boʻlinmalarida shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida hududlar bilan on-layn konferens aloqa tarzida “Serjantlar forumi” oʻtkazildi.
Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, bugungi serjantlar askarlarning ustozi, ofitserlarning eng yaqin yordamchisi sanaladi. Milliy gvardiya tizimida ham serjantlar tarkibini tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratilib, har qanday murakkab vaziyatlarda jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh bera oladigan, nostandart holatlarda mustaqil qaror qabul qilib, yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarishga qodir boʻlgan kichik komandirlarni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Boʻlib oʻtgan forumda ham serjantlar ijtimoiy-huquqiy himoya, ustoz-shogird, odob-ahloq, jangovar xizmat va qoʻriqlash faoliyatida serjant hamda safdorlarning tutgan oʻrni, serjantlar kengashi faoliyati samaradorligi mavzularida koʻrgazmali vositalar yordamida maʼruzalar qilishdi va oʻz takliflarini bildirishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni taʼkidlaganidek “Jangovar harakatlar dinamikasi oshib borayotgan va yangi usullar paydo boʻlayotgan hozirgi sharoitda muvaffaqiyat, koʻp jihatdan, komandir-serjant boshqaradigan kichik boʻlinmalar harakatiga bogʻliq”. Shunday ekan serjantlardan bu borada katta masʼuliyat mustahkam iroda, yuqori malaka, intellektual jihatdan yetuklik talab qilinadi. Forumda ham aynan shu jihatlarga alohida urgʻu qaratildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi va uning negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Jizzax va Toshkent mintaqaviy oʻquv markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, bunda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari uchun professional serjantlar, oddiy askar va safdorlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Milliy gvardiya tizimida oliy maʼlumotli hamda professional tayyorgarlikka ega, murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila oladigan, komandirlik qobiliyatiga ega boʻlgan serjant va oddiy askarlar birlamchi ofitserlik lavozimlariga tayinlanib, boshlangʻich “leytenant” unvoni berilayotgani, davlatimizning yuqori mukofotlari bilan taqdirlanayotgani ham olib borilayotgan islohotlarning samarasi hisoblanadi. Albatta boʻlib oʻtgan ushbu forum serjantlarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.

Text to speech