Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona shahrida o‘g‘irlab ketilgan velosiped, Milliy gvardiyaning motopatrul xodimlari tomonidan o‘z egasiga qaytarildi

Joriy yilning 3-may kuni soat 11:33 larda Farg‘ona shahar qo‘riqlash bo‘limi motopatrul xodimlari belgilangan yo‘nalish bo‘ylab xizmat olib borayotgan vaqtida, yo‘l chetida turgan bir fuqaro ularni yordamga chaqirib, velosipedini nomaʼlum shaxs olib qochganini maʼlum qiladi.

Motopotrul xodimlari tomonidan velosipedni olib qochgan shaxs yashirinishga ulgurmasdan qo‘lga olinib, Qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruhi chaqirtirilgan holda mazkur shaxs Farg‘ona shahar IIBga topshiriladi.

Olib borilgan surishtiruv ishlar davomida fuqaro A.T.ga tegishli velosipedni o‘g‘irlashga harakat qilgan shaxs, Farg‘ona shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro Yu.M. ekanligi aniqlangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech