Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TAʼLIM-TARBIYA SOHASINING JONKUYAR XODIMLARI UMUMXALQ BAYRAMI-O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI  BILAN MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

Aziz va moʻtabar ustozlarimizni qancha ulug‘lasak ham kam.  Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir”.

Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida bo‘lib o‘tgan tantanali marosim ham, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlandi va unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar munosib taqdirlandi.

Mazkur tadbirda Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va hamkor tashkilotlar mutasaddi rahbarlari hamda tizimga qarashli taʼlim muassasalarining ustoz va murabbiylari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish yo‘lida ustozlarning zahmatli mehnatini alohida eʼtirof etdi, shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan va taʼlim-tarbiya davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi, bu yo‘nalishdagi islohotlarning amalga oshirilishida ustoz-murabbiylarning o‘rni juda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Shu bilan bir qatorda, bayram tadbirida so‘zga chiqqan mutasaddilar ham fidoyi ustozlar hamda taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan chin qalbdan tabrikladi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i o‘qib eshittirilib, taʼlim muassasalarining o‘quvchi, tinglovchi va kursantlariga zamonaviy taʼlim-tarbiya berib, ularning qalbiga mardlik va jasurlik, vatanparvarlik va olijanoblik, o‘z xalqi va yurtiga sadoqat hissini joylashda fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir qator o‘qituvchi va murabbiylar turli darajadagi “Namunali xizmatlari uchun” hamda “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qo‘l jangi va Ot sporti sirlarini yoshlarga mohirona o‘rgatib kelayotgan bir guruh murabbiylar ham mukofotlandi. Tantanali marosimning badiiy qismida el suygan sanʼatkorlarimiz tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayram shukuhini ulashdi.

Text to speech