Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yoshlar siyosatiga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Birinchidan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyundagi 267-son “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, 2023 — 2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va uning harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkiloti, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Nuroniy” jamg‘armasi , Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston “Vatanparvar” tashkiloti, Harbiy-maʼmuriy sektorlar, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda, yoshlar bilan 2 mingdan ortiq harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, maʼnaviy-maʼrifiy va ommaviy-sport tadbirlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va qonunchilik targ‘ibotiga qaratilgan targ‘ibot-tashviqotlar o‘tkaziladi.

Bunda, «Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!», «Ezgu amal», «Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi!» «Harbiy qismda bir kunim!», «O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur», «Mard askar yoshlarga namuna», «Ofitserlik mardlar kasbi!» shiorlari ostida targ‘ibot tadbirlari olib borildi. «Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi» “Maʼnaviyat soatlari”, «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» «Mahorat darslari», «Qo‘mondon va yoshlar», «Rahbar va yoshlar», «Ibratli tengdoshim» mavzusida uchrashuvlar, «Hokim soati», «Prokuror sabog‘i», «Huquqiy tarbiya soati», «Soliq sabog‘i» mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Yoshlarga tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, yot g‘oyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashishni hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etuvchi 30 dan ortiq “badiiy va hujjatli filmlar” namoyish etish o‘tkazildi.

Ikkinchidan, o‘tgan davrda, Milliy gvardiyasiga biriktirilgan xalq taʼlimi tizimidagi 37 ta ixtisoslashtirilgan hamda 19 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida umumiy o‘rta taʼlim fanlari doirasida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida o‘qitishga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud bo‘lgan 4 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazildi.

Milliy gvardiya tashabbusi bilan, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 fevraldagi 75-son qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablardagi “harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar” faoliyati tartibi belgilandi, shuningdek Milliy gvardiyaga biriktirilgan umumiy o‘rta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 19 yanvardagi 21-son “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq, jamoaviy guruh aʼzolariga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirishda imtiyozlar berildi. Tavsiyanoma berilgan Guruhlar aʼzolariga o‘zlarining oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qabul qilishning umumiy sonidan 2 foizli kvota ajratildi.

 

Text to speech