Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YOSHLARNI OT SPORTIGA QIZIQTIRISH YO‘LIDA

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yakkabog‘ tumani bo‘linmasi hamda Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda bolalar “Qorabayir” otchilik majmuasiga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida yoshlarga otga minish va harakatlanish hamda ot sportning turlari to‘g‘risida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘g‘il-qizlarga otlarini yetishtirishning nozik jihatlari haqida ham batafsil aytib o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda, qiziquvchan va faol yoshlarga otda sayr qilish uchun sharoitlar yaratib berildi.

Sayohat o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirib, qorabayir zotdor otlariga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.

Tadbir so‘ngida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yakkabog‘ tuman bo‘linmasi hamda “Qorabayir” otchilik majmuasi rahbariyati tomonidan bolalarga kitob va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech