Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida Respublikamiz viloyatlarida Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta maktabning harbiy-vatanparvarlik sinflarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun o‘quv yig‘iniga start berildi.

“Temurbeklar maktabida" bo‘lib o‘tayotgan tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etishib, mazkur o‘quv yig‘inining o‘quvchilarni vatanparvarlik yo‘nalishida tarbiyalashda juda muhim o‘rin tutishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarini bilim va malakasini oshirish, jangovar shayligini sinovdan o‘tkazish va vatan taqdiriga daxldorlik hisini kuchaytirishdan iborat.
Mazkur tadbir davomida mashg‘ulotlar 5 kun davomida bo‘lib o‘tadi. O‘qituvchilar uchun bir qator poytaxtimizdagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar rejalashtirilgan. Jumladan, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ular Milliy gvardiya tizimidagi taʼlim muassasalari va bo‘linmalari faoliyati bilan ham tanishishadi.
O‘quv yig‘inidan ko‘zlangan yana bir maqsad kelgusida ular o‘z hududlaridagi ustozlar uchun o‘quv-yig‘inlarini tashkil etishlari ko‘zda tutilgan.

Maʼlumot uchun: mazkur o‘quv yig‘ini 9 yanvarga qadar davom etadi

Text to speech