O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov milliy terma jamoa murabbiylari va sportchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Aichi–Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik, xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda terma jamoa oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Sportchilarga kelgusi nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritish yo‘lida omad va muvaffaqiyat tilandi.