Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HAYOTIMIZ QOMUSI BO‘LGAN KONSTITUTSIYAMIZNING  29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan   Milliy gvardiya markaziy devonida video-selektor tarzidagi bayramona tadbir o‘tkazildi. Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev bayram munosabati bilan barcha shaxsiy tarkibni samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va masʼuliyatli xizmatlari yo‘lida  ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida o‘zining fidokorona xizmatlari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar bayram munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘iga asosan taqdirlandilar.

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlardan  4 nafariga navbatdagi harbiy va maxsus “polkovnik” unvonlari, 2 nafar harbiy xizmatchiga “podpolkovnik” unvoni, 14 nafariga harbiy va maxsus “mayor” unvoni, 21 nafariga harbiy va maxsus “kapitan” unvoni, 11 nafariga harbiy va maxsus “katta leytenant” unvoni, shuningdek 24 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga ilk ofitserlik “leytenant” unvonlari topshirildi.

Barcha safdoshlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Text to speech