HAYOTIMIZ QOMUSI BO‘LGAN KONSTITUTSIYAMIZNING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Milliy gvardiya markaziy devonida video-selektor tarzidagi bayramona tadbir o‘tkazildi. Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev bayram munosabati bilan barcha shaxsiy tarkibni samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va masʼuliyatli xizmatlari yo‘lida ulkan zafarlar tiladi.
Shuningdek, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida o‘zining fidokorona xizmatlari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar bayram munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘iga asosan taqdirlandilar.
Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlardan 4 nafariga navbatdagi harbiy va maxsus “polkovnik” unvonlari, 2 nafar harbiy xizmatchiga “podpolkovnik” unvoni, 14 nafariga harbiy va maxsus “mayor” unvoni, 21 nafariga harbiy va maxsus “kapitan” unvoni, 11 nafariga harbiy va maxsus “katta leytenant” unvoni, shuningdek 24 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga ilk ofitserlik “leytenant” unvonlari topshirildi.
Barcha safdoshlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!