Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maktabdagi  taʼlim-tarbiya yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida, Milliy gvardiya qo‘mondoni Sirdaryo viloyatidagi manzilli ishlarini davom ettirmoqda  

Avval xabar berganimizdek, mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammmolar va ularning yechimi yuzasidan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida belgilab olingan istiqbolli rejalar asosidagi amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijasi manzilli o‘rganilmoqda.

Xususan, joriy yilning 22 fevral kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni  Guliston shahrida joylashgan 14, 10, 6 va 2-sonli hamda Guliston tumanidagi 28 va 9-sonli maktablardagi taʼlim-tarbiya va davomat bilan bog‘liq muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan maktab maʼmuriyati, o‘qituvchi va mutaxassis psixologlar, mahalla yettiligi hamda sohaga oid masʼul xodimlar bilan uchrashdi.

 Uchrashuv davomida maktabdagi inspektor-psixologlarning yangi tizimdagi ish faoliyati, ota-onalar va mahalla faollarining “Maktab – ota-ona – mahalla” tamoyili asosida, farzandlarining taʼlim-tarbiyasiga bo‘lgan masʼuliyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik masalalari muxokama qilindi. Shuningdek, maktablarning qo‘riqlovini yangicha tizimda takomillashtirishga qaratilgan amaliy ishlarni yana-da jadallashtirish  borasida, zarur ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Text to speech