Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yevroosiyo ligasi "Maxima Masters Team Competition" turnirida O‘zbekiston chavandozlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 4 avgust kuni Yevroosiyo ligasi "Maxima Masters Team Competition" turnirining final bosqichi, musobaqaning birinchi kunida sportchilarimiz Qurbonov Bekzod ikki fazali marshrutda “Derlivang” deb nomlangan otida 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish yo‘nalishida g‘alaba qozondi va birinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, yurtdoshimiz Tuyakbayev Nurjon “Lanselota” nomli otda 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish yo‘nalishida yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning ikkinchi kuni ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish yo‘nalishida G‘oziyev Bahromjon "Ledi " ismli otda bronza medalini qo‘lga kiritdi. To‘siq balandligi 150 sm bo‘lgan Gran-pri yo‘nalishida sportchimiz Tuyakbaev Nurjon “Lanselota” ismli jangovar oti bilan eng yaxshi ko‘rsatgichni namoyish etdi,ammo kichik xatolari bo‘lganligi bois, kumush medaliga munosib ko‘rildi. Mazkur musobaqada 23 nafar ishtirokchi g‘alaba qozonish uchun kurash olib bordi va atigi 4 kishiga sovrinlar nasib qildi.

Ivanova viloyatida " Horseka" KSK bazasida 6 yoshli otlar bilan bo‘lib o‘tgan "Maxima Masters Eurasia Team Sompetition" turnirlarining yakuniy qismi, to‘siqlarning balandligi 120 sm bo‘lgan bellashuv raqiblarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi. 120 sm ( 6 yoshli yosh otlar) yo‘nalishidagi eng yuqori natija sportchimiz Xurshidbek Alimjanovga tegishli bo‘lib,u "Lastij Shok"nomli oti bilan g‘alaba qozondi. Shuningdek, kumush medalini ham yurtdoshimiz Azam Tolliboyev "Klass X "deb nomlangan otida qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning final bosqichida 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish yo‘nalishida "Ledi "laqabli otda Bahromjon G‘oziyev g‘olib bo‘ldi.

Moskvada bo‘lib o‘tgan musobaqada jamoamiz kumush medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Umumiy Yevroosiyo ligasi turniri bo‘yicha bo‘lsa, birinchi o‘rinni egallab, Kubok sohibi bo‘lishdi.

Biz g‘oliblarimizni yuqori natija bilan samimiy qutlaymiz va joriy yilning sentyabr oyi oxirida Barselonada ( Ispaniya ) bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi musobaqasida omad va zafarlar tilaymiz.

Text to speech