Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

KONYA - 2021:V ISLOM BIRDAMLIK O‘YINLARIDA ILK MAROTABA ISHTIROK ETGAN MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARI 5 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITISHDI!

Joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan, Konya-2021 V Islom birdamligi o‘yinlarida, O‘zbekiston 40 ga yaqin davlat ichida faxrli 2 o‘rinni egallab, tarixiy g‘alabaga erishdi. Ko‘p millatli, ko‘p turdagi xalqaro sport musobaqasida Milliy terma jamoamiz safida ilk marotaba ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 7 nafar harbiy xizmatchi va xodimlari yuksak namunadagi medallarni qo‘lga kiritib, shohsupaning faxrli ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarini egallashdi.

Natijalarga ko‘ra:

-1 ta oltin medal Jalgasbay Berdimuratov yunon-rum kurashi yo‘nalishi bo‘yicha;

-1 ta oltin medal Mahmud Xayotov kikboksing yo‘nalishi bo‘yicha;

-1 ta kumush medal Doston Yoqubov og‘ir atletika yo‘nalishi bo‘yicha;

-2 ta bronza medallarni esa Shirina Zohidova hamda Munisa Qoraboyevalar kikboksing yo‘nalishi bo‘yicha qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Milliy jamoamiz tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritib, sportchilarimiz tomonidan 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza, jami 158 ta medal qo‘lga kiritilib umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi!

Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan safdoshlarimizni Islom birdamlik o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan samimiy qutlaymiz va ularga Vatanimiz shon-shuhrati timsoli bo‘lgan bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘tarishda ulkan zafarlar tilaymiz!

Text to speech