Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Krossfit” sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchiligi kubogi tashkil etildi

“Krossfit” sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchiligi kubogi tashkil etildi

Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarni “Krossfit” sport turiga qiziqtirish, ushbu sport turini xodimlar orasida ommalashtirish maqsadida ilk bor Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchiligi kubogi tashkil etildi.

Buxoro sport majmuasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa xodimlarda katta qiziqish uyg‘otib, murosasiz bahslar asosida g‘oliblar aniqlandi. Ishtirokchilar vaqtni to‘xtatmagan holda amalga oshirilgan beshta sport turi bo‘yicha musobaqa, 2 km masofaga 12 kg og‘irlikdagi himoya nimchasini kiygan holda yugurish, 70 kg og‘irlikdagi yuk avto ulovining shinalarini 20 metr masofaga uloqtirib borish, 40 kg og‘irlikdagi toshni 20 marotaba ko‘tarib, shundan so‘ng ushbu toshni ko‘targan holda 20 metr masofaga maxsus mashqlar bajarib borish, ushbu mashqlar so‘ngida esa yerga tayangan xolda qo‘llarni bir daqiqa vaqt davomida to‘xtovsiz bukib yozish shartlarini o‘z ichiga oldi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, krossfit sport turi bo‘yicha musobaqalarning Milliy gvardiya tizimida yo‘lga qo‘yilishi xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lomlashtirish hamda xizmatdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra, shaxsiy g‘oliblikda birinchi o‘rin safdor Azam G‘afforov, ikkinchi o‘rin safdor Fattoyev Abdufattoh, uchinchi o‘rin safdor Ortiqov Jahongirlarga nasib etgan bo‘lsa, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Qorako‘l tuman qo‘riqlash bo‘limi, ikkinchi o‘rinni Vobkent tuman qo‘riqlash bo‘limi, uchinchi o‘rinni esa G‘ijduvon tuman qo‘riqlash bo‘limi jamoalari egallashdi.

Text to speech