Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv kursi davomida tinglovchilarga markazning yuqori malakali o‘qituvchilari tomonidan harbiy xizmatga oid bir qator muhim yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar berildi. Xususan, o‘q otish, balandlikni ishg‘ol qilish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, aloqa, razvedka, maxsus taktik tayyorgarlik, moddiy-texnik ta’minot, muhandislik va taktik tibbiy tayyorgarlik, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlar bilan ishlash kabi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.
Mashg‘ulotlar zamonaviy texnik vositalar va ilg‘or metodikalardan foydalangan holda, real xizmat sharoitlariga yaqinlashtirilgan tarzda tashkil etildi. Bu esa tinglovchilarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha zarur nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini berdi.
Bitiruvchilar ushbu o‘quv kursi orqali xizmat faoliyatida uchraydigan murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qarorlar qabul qilish, jamoada ishlash, mustaqil fikrlash hamda yuqori darajadagi professional tayyorgarlik darajasini namoyon eta olish kabi muhim jihatlar bo‘yicha tayyor bo‘ldilar.
Tadbir yakunida o‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech