Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MOBIL TELEFON O‘G‘RILIGIDA GUMONLANUVCHILAR QO‘LGA OLINDILAR

Joriy yilning 02 may kuni olingan xabarga ko‘ra Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIB va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xabarda maʼlum qilinganidek, Qo‘qon shahridagi “Muqimiy” istirohat bog‘ida qiz o‘rtog‘i bilan sayr qilib yurgan fuqaro Z.Z. ni uchta begona yigit oldiga chaqirib olib yonidagi bor pulini chiqarib berishini talab qilib, puli yo‘qligini aytganidan so‘ng uning qo‘lida bo‘lgan “Samsung Galaxy A 31” (bahosi 2.500.000 so‘m bo‘lgan) rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Tezkor tadbir davomida arizachi fuqaro Z.Z. o‘ziga tegishli telefon apparatiga qo‘ng‘iroq qilib, telefon apparatini o‘rniga boshqa telefon apparatini berishini iltimos qilgan va kelishib olinganidek Qo‘qon shahridagi “Yoshlar bog‘i” oldida uchrashishgan vaqtida Milliy gvardiya va Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.

Dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu uch nafar shaxs Qo‘qon shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro P.E., 2003 yilda tug‘ilgan fuqarolar K.Sh. va M.I. lar ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Text to speech