Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan davom etayotgan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik ruxidagi tadbirlar Andijon viloyatida

Joriy yilning 23 avgust kuni Andijon viloyatida Milliy gvardiya, Harbiy prokuratura, IIB,O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligining Andijon viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida Milliy gvardiyaga biriktirilgan mahalla yoshlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuniʼʼ o‘tkazildi dastlab yoshlar Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi mutaxassislari tomonidan ot minish, ot ustida kamondan otish mahorat darslari, kitobxonlik, shaxmat shashka musobaqasi va mavjud bo‘lgan harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan tanishib, harbiy xizmatchilarni yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirokida "Vatan taqdiri uchun har birimiz masʼulmiz" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi. Qizg‘in tus olgan uchrashuvda dastlab faxriylarimizning yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarimizni xavfsizligini taʼminlash yo‘lida olib borgan xizmatlari eʼtirof etildi.

Tadbir davomida faxriylarimiz o‘z amaliy tajribalaridan so‘zlab bergan hayotiy misollar yoshlar uchun chinakam saboq vazifasini o‘tadi. Shu bilan bir qatorda faxriylar yoshlarga o‘zlarining maslahat va tavsiyalarini ham berib o‘tdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Yoshlar Milliy gvardiya qo‘mondoni Kubogi uchun futbol musobaqasida bellashdilar va tadbir yakunida munosib rag‘batlantirildilar.

Text to speech