Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizda "Besh tashabbus" doirasida yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda

Uchtepa tumanida joylashgan 228-sonli maktabda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan tuman hokimiyati va birinchi sektorda joylashgan mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda "Besh tashabbus" doirasida tadbirlar tashkil etildi.

Unda maktab o‘quvchilari muddatli harbiy xizmatchilar bilan arqon tortish, shaxmat-shashka, armrestling bo‘yicha musobaqalarda bellashishdi. Shu bilan birga, askarlar tomonidan qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Maktab faollari zalida namoyish etilgan muddatli harbiy xizmatchilar ijrosidagi quvnoqlar va zukkolar madaniy ko‘ngilochar tomoshalari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, harbiy qismda Uchtepa tumani maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda  tez tibbiy yordam, himoya vositalari singari  ko‘rgazmalar, sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga foydali adabiyotlar taqdim etildi.

Tashkil etilgan tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga va armiya hayotiga tayyorlashga zamin yaratmoqda.

Text to speech