Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida jamoat xavfsizligini taʼminlayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘zaro janjallashayotgan bir guruh yoshlar aniqlanib, holat o‘z vaqtida bartaraf qilindi.

Aniqlanishicha, Adiblar xiyobonida o‘tirgan yigit va qiz fuqaro S.O‘. hamda H.X. larning yaqin munosabatlarini ikki nafar begona shaxslar rasmga olib, ushbu rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga ulardan pul talab qilishgan.

Mazkur vaziyatni uzoqdan payqagan Milliy gvardiya xodimlari ularga yaqinlashganda ikkita yigit qochishga uringan, yigit va qiz esa joyida qolgan. Xodimlar tomonidan qochishiga yo‘l qo‘yilmasdan, qo‘lga olingan yigitlar bilan olib borilgan suhbat jarayonida qilgan nojo‘ya ishlarini tan olib, telefonidagi tasvirga olingan fotosuratlarni o‘chirib tashlash evaziga yigit va qizdan pul talab qilishganini, rad qilishsa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishlari bilan tahdid qilishganligini bildirishgan.

Shuningdek, janjal ko‘tarilishini xohlamagan fuqaro U.S. to‘lov tizimi orqali yigitlardan birining telefoniga 35 ming so‘m o‘tkazib berganligi, ammo ular bunga qoniqmasdan qizdan ham 50 ming so‘m o‘tkazishni talab qilishganidan so‘ng, o‘zaro janjallashib ketganliklarini taʼkidlashgan.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya xodimlari qochishga uringan yigitlarni profilaktika inspektori xonasiga olib borishgan. Surishtiruv ishlari davomida qo‘lga olingan fuqarolar 16 yoshli R.I. va S.S.lar ekanligi maʼlum bo‘lgan va ularning ota -onalariga xabar qilingan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Text to speech