Qoʻqonda gvardiyachilar tomonidan oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan shaxs ushlandi
2025-yil 9-oktabr kuni 56 yoshli X.M. Qoʻqon shahrida joylashgan “Istiqlol” savdo majmuasida 26 yoshli fuqaro T.M.ning sumkasidan 620 000 soʻm pul mablagʻlarini kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlab, hodisa joyidan qochib ketishga uringan.
Biroq, mazkur jinoyat sodir etilgan paytda savdo majmuasi hududida xizmat olib borayotgan gvardiyachilar tomonidan tezkor choralar koʻrilgan. Jinoyat gumondori daliliy ashyolar bilan qoʻlga olinib, qonuniy choralar koʻrilishi uchun Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasiga topshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.