Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Xususan, Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida ham yashil bog‘lar barpo etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan eʼlon qilingan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga binoan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yurtimizning ko‘plab hududlari gullab-yashnamoqda. Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat Chavandozlar maktabi hududida 1 gektar maydonda "Yashil makon" bog‘i yaratildi.

Dastlab ushbu hududda qishloq xo‘jaligi texnikalari yordamida yerlarga ishlov berilib, obodonlashtirildi. Shundan so‘ng, yer maydoniga harbiy xizmatchilar tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bog‘ yaratildi.

Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy dasturiga zamin yaratish va boshqa hududlarga ham daraxt ekish ishlarini amalga oshirish maqsadida 2000 dona manzarali ko‘chatlarining qalamchalari ekilib, parvarish qilinmoqda.

Shuningdek, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi viloyat Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda 19 gektarli Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Chavandozlar maktabi hududida jami 2 gektar maydonga turli manzarali va mevali mingdan ziyod ko‘chatlar ekildi.

Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida xam bu kabi ezgu amallan harbiy xizmatchilar tomonidan uyushqoqlik bilan davom etib kelmoqda.

(Maʼlumot uchun: tadbir davomida 805 tup manzarali daraxt ko‘chatlari, 5065 dona terak daraxti qalamchalari va 3585 dona kashtan daraxti urug‘lari ekildi)

Eʼtirof etish joizki, mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad tabiatda yashillikni ko‘paytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim moʻtadilligini saqlash, bog‘dorchilik mahsulotlarining mo‘lligini taʼminlashga hissa qo‘shishdan iborat.

Text to speech