Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SAYYOR QABULLAR FARG‘ONA VILOYATIDA

Bugungi kunda inson manfaatlarini taʼminlash, xalq bilan ochiq muloqot qilish, ularning orzu-niyatlari va hayotiy muammolarini bartaraf etishga katta eʼtibor berilmoqda. Ushbu maqsadda joriy yilning 9 mart kuni Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan sayyor qabul tashkillashtirildi.

Mazkur uchrashuvda viloyat hokimligi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, viloyat harbiy prokuraturasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Bandlikka ko‘maklashish markazi mutassadi rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish ishtirokchilariga dastlab mamlakatimizda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga doir amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, ochiq muloqot tarzida davom etgan ushbu uchrashuvda har bir ishtirokchining murojaati, takliflari tinglandi. Bu jarayonda fuqarolar tomonidan uy-joy bilan taʼminlash, bandlik masalalari, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy muammolar o‘rtaga tashlandi. Har bir murojaat yuzasidan atroflicha yechim izlanib, tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Barcha masalalarning yechimi yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Text to speech