Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha seminar-trening

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi tomonidan Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmasida Milliy gvardiya boʻlinmalaridagi yoshlar bilan ishlash boʻyicha boshlangʻich tashkilotlari yetakchi va sardorlari ishtirokida hududlar bilan konferens aloqa tarzidagi seminar-trening oʻtkazildi.
Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov va Yoshlar ishlari agentligi Markaziy kengashi boshqarma boshligʻi A.Alimovlar qatnashib, yoshlar bilan ishlash, yutuq va kamchiliklar borasida oʻz fikrlarini bildirishdi.
Har bir harbiy qism va qoʻriqlash boʻlinmalaridagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari va sardorlari qizil toifaga kiritilgan yoshlar bilan ishlashni jadallashtirishi, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini muntazam ravishda oʻtkazib borishlari taʼkidlandi. Endilikda Respublika miqyosida Milliy gvardiyaga biriktirilgan qizil toifadagi yoshlarning har biriga bir nafardan yetakchi va sardorlar biriktirilib, ularning huquq buzarlik va jinoyat sodir etishlarining oldi olinadi, qiziqishlaridan kelib chiqib, kasb-hunar hamda toʻgaraklarga yoʻnaltirish borasida chora-tadbirlar kuchaytiriladi.
Shuni taʼkidlab oʻtishimiz kerakki, hozirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 44 ta boshlangʻich tashkiloti, ularda 44 nafar yetakchi, 176 nafar yoʻnalish sardorlari faoliyat olib bormoqda. Tadbirda mazkur yetakchi va sardorlar faoliyatini qayta koʻrib chiqish va samaradorligini oshirishga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, avgust-sentabr oylarida yoshlar oʻrtasida mini futbol va kamondan otish sport turlari boʻyicha Milliy gvardiya qoʻmondoni kubogi musobaqalariga start berilishi aytib oʻtildi. Bundan tashqari qizil toifadagi yoshlarni sariq, yashil toifalarga oʻtishiga erishgan yetakchi va sardorlarning unvoni oshirilib, yuqori darajadagi mukofotlarga taqdim etilishi yoʻlga qoʻyiladi. Seminarda yoshlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi va sardorlar uchun haftaning har bir kunida qanday natijador tadbirlarni olib borishi belgilab berildi. Doimi tarzda tajriba oshirib turish uchun Jamoat xavfsizligi universiteti bazasida ilmiy konferensiyalar oʻtkazish taklifi seminar ishtirokchilari tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Text to speech