Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SERJANTLAR-MILLIY ARMIYAMIZNING TAYANCHI VA SUYANCHI

Joriy yilning 23 noyabr kuni Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida “Serjantlar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov, O‘zbekiston xalq artisti T.Mo‘minov va shuningdek, Milliy gvardiyaning barcha hududiy boshqarmalaridan harbiy xizmatchi va xodimlar onlayn tarzda ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “Serjantlar-milliy armiyamizning tayanchi va suyanchi. Serjantlar tarkibiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar” mavzusida qo‘mondon o‘rinbosari nutq so‘zladi.

Shundan so‘ng, forum ishtirokchilari o‘zlariga biriktirilgan mavzular bo‘yicha maʼruzalarni zamonaviy texnikalardan foydalangan holda namoyish qilishdi.

Kichik komandirlar o‘z maʼruzalarida xizmat faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ularda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tizimda faoliyat yuritayotgan serjantlarning o‘rni va roli, ularning sport sohasidagi ilg‘or tajribalari jahon va xalqaro arenalardagi faoliyati hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida, serjantlar kengashlarining faoliyati sarhisob etilib, kelgusi 2022 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi va forumda faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan minnatdorchilik va tashakkurnomalar bilan rag‘batlantirildi.

 

Text to speech