Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Sirdaryo viloyatida respublika ishchi guruhi tomonidan, aholining muammolarini o‘rganishga va yechimini topishga, shuningdek kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Ayollar hamda yoshlarning bandligini taʼminlash borasida esa mahallada shakllantirilgan hamkorlik masalalari o‘rganilib ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandlikni taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, maʼnaviyat va maʼrifat, yoshlar tarbiyasi, kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba, Oqoltin, Xovos tumanlarida Mahalla yettiligi xodimlari faoliyati o‘rganildi. Ishchi guruh vakillari va tuman hokimlari hamda tumani sektor rahbarlari boshchiligida “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha tumandagi MFY raislari, hokim yordamchilar, profilaktika inspektorlari, soliq inspektorlari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, mahalla yettilik xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Shuningdek Ishchi guruh vakillari tuman hokimlari dastlab Sardoba tumanining Quyi tosh va Oqoltin tumanining Shodlik mahallasida bo‘lib mahalla yettiligi bilan amalga oshirgan ishlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining ahvolini o‘rganish, yoshlarning o‘qitilish va bandligini taʼminlash hamda o‘zini-o‘zi band qilgan va ishchi o‘rni yaratgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib ularning faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi. Shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini muammolari joyida ijobiy hal etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borildi. Ishchi guruh o‘rganishlari Xovos tumanida ham olib borildi. Bu yerda Ishchi guruh vakillari va tuman xokimi va sektor rahbarlari bilan birgalikda Xovos tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishishdi. O‘rganish jarayonida Do‘stlik va Binokor hamda Oqchangal mahallalarida bo‘lishib u yerdagi mavjud muammolar o‘rganilib, bir guruh fuqarolarga reabilitatsiya vositalari va qandolatchilik uskunalari topshirildi. Ushbu tumanlardagi 4- va 1- hamda 18- sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan yosh avlodni vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, mamlakat va o‘z oilasi farovonligini yana-da rivojlantirish orzusida bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni jismoniy qobiliyatlarini yana-da oshirish, Vatan himoyasi sharafli kasb ekanligini yoshlar qalbiga singdirish maqsadida vatanparvarlik tadbirlari ham o‘tkazildi.

Text to speech