Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORT YОSHLARNI BIRLASHTIRADI

Inson hayotida sport nafaqat jismoniy tayyorgarlik va chiniqish, balki jamoalar va ularning a'zolari orasida o‘zaro jipslik va birdamlikni, ahillikni ta'minlovchi, ishtirokchilarga ma'naviy xordiq beruvchi omil ham hisoblanadi.

Yoshlar o‘rtasida sof do‘stlik va hamjihatlikni shakllantirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlarning ta'til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘qon shahar xokimligi bilan hamkorlikda sportning “triatlon” turi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i Kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada “Koinot” va “Nafosat” nomli oromgoh dam oluvchilari, Qo‘qon shahrida joylashgan 2-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari hamda Qo‘qon shaharda qizil hudud toifasiga kiritilgan mahallalarning 200 ga yaqin uyushmagan yoshlari ishtirok etdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan mazkur musobaqada yoshlar sportning 5 km masofaga velosiped haydash, 1 km masofaga yugurish hamda 100 metrga suvda suzish turlari bo‘yicha kurash olib bordilar.

Ko‘tarinki va o‘zaro do‘stlik ruhida o‘tgan tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech