Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Tibbiyot xodimlari munosib rag‘batlantirildi

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni” kasb bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bugun Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida o‘tkazilgan tantanali tadbir ham xalq salomatligini saqlash va mustahkamlashda fidoyilik bilan xizmat burchini ado etib kelayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari hozirda davlatimiz tomonidan aholi salomatligini saqlashga qaratilayotgan eʼtibor va tibbiyot sohasini keng rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o‘z samarasini berayotganligiga alohida to‘xtildi. Ayniqsa, pandemiya davrida yana-da katta masʼuliyat va shijoat bilan burchini sidqidildan bajarayotgan shifokorlarning mehnatiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Mudofaa, Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek, Milliy gvardiya Markaziy devoni va hududiy bo‘linmalarida harbiy va kasbiy burchini bajarib kelayotgan tibbiy xizmat xodimlari, shu bilan bir qatorda II darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari taqdirlandi.

Shu bilan birga, tizim shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolariga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan barcha soha xodimlariga Milliy gvardiyaning “Esdalik qo‘l soati”, “Faxriy yorliq”, pul mukofotlari hamda Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan “Sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlar o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Marosim so‘ngida ishtirokchilarga soha xodimlari faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Zamonaviy xizmat avtomobillarini hududiy boshqarmalarning tibbiyot bo‘limlariga topshirilishi bo‘lsa, bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kasblar orasida eng ulug‘ va sharafli hisoblangan shifokorlik kasbi – inson hayoti va sog‘lig‘ini saqlashdek muqaddas vazifani ado etib keladi. Inson umri bo‘lsa har narsadan azizdir.

Text to speech