Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida 25 ta davlat ishtirokida boʻlib oʻtayotgan “Oʻtkir tigʻ–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi merganlari munosib ishtirok etishmoqda.

Musobaqa joriy yilning 12-20 iyul kunlari davomida Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Urumchi shahrida boʻlib oʻtadi. Unga tashrif buyurgan 25 ta davlat vakillaridan iborat 45 ta (shundan XXRning harbiy va politsiya boʻlinmalaridan 6 ta) jamoalar o'rtasida  Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi munosib ishtirok etmoqda.
Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi istiqbolli rejalar asosida Xitoy tomonidan har ikki yilda tashkil etib kelinayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi merganlari bu yil ikkinchi marotaba ishtirok etishmoqda, xususan gvardiyachilarimiz 2023 yilda boʻlib oʻtgan aynan ushbu nufuzli musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.
Ayni kunlarda jangovar ruhda va murosasiz bellashuvlarga boy oʻtayotgan mazkur xalqaro musobaqada safdoshlarimizga ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz!

Text to speech