Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida 25 ta davlat ishtirokida boʻlib oʻtayotgan “Oʻtkir tigʻ–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi merganlari munosib ishtirok etishmoqda.
Musobaqa joriy yilning 12-20 iyul kunlari davomida Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Urumchi shahrida boʻlib oʻtadi. Unga tashrif buyurgan 25 ta davlat vakillaridan iborat 45 ta (shundan XXRning harbiy va politsiya boʻlinmalaridan 6 ta) jamoalar o'rtasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi munosib ishtirok etmoqda.
Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi istiqbolli rejalar asosida Xitoy tomonidan har ikki yilda tashkil etib kelinayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi merganlari bu yil ikkinchi marotaba ishtirok etishmoqda, xususan gvardiyachilarimiz 2023 yilda boʻlib oʻtgan aynan ushbu nufuzli musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.
Ayni kunlarda jangovar ruhda va murosasiz bellashuvlarga boy oʻtayotgan mazkur xalqaro musobaqada safdoshlarimizga ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz!