Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YANGI O‘ZBEKISTON – YОSHLAR NIGOHIDA

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining tegishli bandiga asosan yoshlar, taʼlim muassasalari o‘quvchilari va jamoatchilik o‘rtasida huquqbuzarliklarni, terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga va yoshlarni huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish belgilangan, shu munosabat bilan Nurafshon shahrida shahar hokimligi, Chirchiq harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda shahar yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston – yoshlar nigohida” shiori ostida davra suhbati hamda besh muhim tashabbus doirasida maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir Chirchiq shahar harbiy prokuraturasi, Nurafshon shahar xokimligi va Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul vakillari boshchiligida tashkil etilib, unda muddatli harbiy xizmatchilar hamda Nurafshon shahridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ko‘tarinki ruhda kechgan davra suhbatida yosh askarlar va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan harbiy sohaga oid barcha maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilarga beshta muhim tashabbus doirasida rasm chizish, haykaltaroshlik, o‘ymakorlik bo‘yicha mahorat darslari va ko‘rgazmalar hamda xalq cholg‘u asboblarida kuy chalish bo‘yicha chiqishlar namoyish etilib, faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan sovg‘a tariqasida kitoblar taqdim etildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarni huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mustaqil fikriga ega irodali, fidoyi va vatanparvar etib tarbiyalash, buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik va maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashga qaratilgan.

Text to speech