Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YoSHLARNI OT SPORTIGA BO‘LGAN QIZIQISHI ORTMOQDA

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Otchopar” maydonida, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan otlarning xususiyatlari, uni parvarishlash omillari, milliy va zamonaviy ot sporti o‘yinlari xususida atroflicha ma'lumot va tushunchalar berish maqsadida, bir guruh talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida, yoshlarga ajdodlarimizning qorabayir oti bilan bog‘liq tarixiy kechinmalari haqida so‘zlab berib, ot minishning tartiblari, uni boqishning sir-asrorlari hamda sport musobaqalariga tayyorlash jarayonlari to‘g‘risida qiziqarli ma'lumotlar berildi.
Mashg‘ulot yakunida, yoshlarga “Ot ustida kurash” hamda “Olomon poyga” milliy ot sporti o‘yinlari namoyish etildi va bu yoshlarda otlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Text to speech