Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Kubogi g‘oliblari aniqlandi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 18-20 may kunlari Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”da ochiq osmon ostida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” musobaqasiga start berilgan edi.

Respublikamizning barcha hududlaridan 600 ga yaqin o‘g‘il-qizlarni o‘zida jamlagan mazkur bellashuvda 34 ta vazn toifasi bo‘yicha jami 14 ta jamoa g‘oliblik uchun qizg‘in va murosasiz janglarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugun, musobaqa kubogini qo‘lga kiritish uchun final bosqichiga yo‘l olgan sportchilar bor mahoratini ishga solib, muvaffaqiyat sari kurashdi. G‘oliblik bo‘lsa albatta eng kuchlilarga nasib etdi.

Bellashuv so‘ngida, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi raisi R.Djurayev hamda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan sovrindorlarga musobaqa medali, diplomi va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan Jizzax viloyati, 2-o‘ringa munosib topilgan Namangan viloyati va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Andijon viloyati jamoalarining murabbiylariga kuboklar tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi musobaqalar orqali yoshlarimiz o‘zlariga yuksak tajriba va mahorat orttirishlari bilan birga, mazkur sport turining joylarda yana-da ommalashishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Text to speech